Текст песни «Kel ikkimiz»

Исполнитель: Nilufar Usmonova

Текст

Magʻrur boshim egib, koʻksinga bosib Qaynoq labing ila asta oʻpasan Koʻzlarimga jovdirab uzoq termulib Qoʻllarimdan qoʻling uzib ketasan Buncha shoshilmasang hijron bogʻingga Axir anda gul emas tikan terasan Shuncha jabr yetmasmi yoshlik chogʻingga Nahot keksayganda ham yigʻlab oʻtasan (Naqarot) 2x Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz Sevgimiz baxtidan doston bitaylik Sevgimiz (ishqimiz) tillarda afsona boʻlib Sevishganlar yoʻliga bir nur tutaylik Ranjisa-da oʻn yillik azobdan yurak Urib turar chunki unda bor tilak Boshqasi istakmas bir sendan boʻlak Bizlarga-sen, sen begim kerak Istagim qalbingda tanho gul boʻlay Ishqingda yonib bir umr kul boʻlay Masxara aylatma ul zagʻchalarga Bogʻingda sayragan bir bulbul boʻlay (Naqarot) 2x Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz Sevgimiz baxtidan doston bitaylik Ishqimiz tillarda afsona boʻlib Sevishganlar yoʻliga bir nur tutaylik Nafratlanib ketaman goho oʻzimdan Charchadim yosh artib qaro koʻzimdan Lek seni sevaman, seni sevaman Shunga hech tushmaysan qoʻshiq soʻzimdan Roziman ustimdan xoʻp hamma kulsin Kimlardir sabrimdan, axtimdan kulsin Olam kulsin, dushman kulsin, ul yorlar kulsin Men-chi baxtga toʻlay, bizni Alloh qoʻllasin (Naqarot) 2x Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz Sevgimiz baxtidan doston bitaylik Sevgimiz (ishqimiz) tillarda afsona boʻlib Sevishganlar yoʻliga bir nur tutaylik Kel…