Текст песни «Juma muborak»

Исполнитель: Jaloliddin Ahmadaliyev

Текст

Shayton nayrang qilsa sinmaganlarga Zaboni zikrdan tinmaganlarga Kibr tulporiga minmaganlarga Juma muborak juma muborak Faqat halol luqma yeyuvchilarga Nafsin Alloh uchun tiyuvchilarga Rasulim Muhammad deyuvchilarga Juma muborak juma muborak Ey mo’minlar ey mo’minlar Sayidul ayyom juma muborak Ey mo’minlar ey mo’minlar Ey mo’minlar juma muborak Yetimu bevaning xolin so’rganlar Dunyo yaylolidan savob o’rganlar Meni Alloh uchun yaxshi ko’rganlar Juma muborak juma muborak Qalbi hurammlikga to’lguvchilarga Dard kelib ishq tuysa suyguvchilarga Insha Alloh jannatga kirguvchilarga Juma muborak juma muborak